Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI LOYSON MAHALLASIDA BO‘LDI

×

 2024-04-22 21:43:51    87

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullev bugun Loyson mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha olib borayotgan ishlari bilan tanishdi.

Tuman hokimi tomonidan hokim yordamchisiga hudud ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda barcha resurslardan foydalanib aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tuman rahbari mahalla hududidagi 22-umumta’lim maktabida bo‘lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabr kungi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan zamonaviy sport zali qurish bo‘yicha tayyorlangan qurilish loyihasi bilan tanishdi.

Tuman hokimi tomonidan mas’ullarga pudratchi tashkilotni aniqlash hamda qurilish ishlarini qisqa muddatlarda boshlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram