Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAHALLALARDA AHOLIGA YOQILG‘I-ENERGETIKA TIZIMIDAGI YANGI TARIFLAR VA ASOSIY O‘ZGARISHLAR HAQIDA MA’LUMOTLAR BERILMOQDA
2024-04-22 16:02:09 165
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2024–2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish belgilandi, shuningdek, 2024-yilning 1-may sanasidan elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari tasdiqlandi.
Shu munosabat bilan Qo‘shtepa tumanidagi barcha mahallalarda aholiga mazkur qarorning mazmun-mohiyati va uning doirasida amalga oshiriladigan ishlar, yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024−2025 yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda 2024 yil 1 maydan boshlab aholi uchun elektr-energiyasi bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari haqida atroflicha tushuntirish berilib, keng ko‘lamda targ‘ibot tadbirlari va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shakar, O’rta O’qchi, Nurafshon, Quvirboshi mahallalarida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida ham aholiga yoqilg‘i-energetika tizimidagi yangi tariflar va asosiy o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berildi.