Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLARGA E’TIBOR KELAJAKKA E’TIBOR: ULARNING MUAMMOLARI HAL ETILIB, ORZU-ISTAKLARI AMALGA OSHMOQDA
2024-04-22 12:57:12 146
Viloyatimizda yoshlar bilan ishlash borasidagi yangi tizim o‘z samarasini berib, minglab navqiron avlod vakillari hayotda o‘z o‘rnini topmoqda. Yosh tadbirkorlar safi kengaymoqda, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilyapti. Asosiysi, barcha darajadagi rahbarlar mahallarda yoshlar bilan muloqotni yo‘lga qo‘ydi. Buning natijasida ularning muammolari hal etilyapti, orzu-istaklari amalga oshyapti.
Xususan, bugun Qo‘shtepa tumani Yoshlar ishlari Agentligi tomonidan mahallarda yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshiralayotgan ishlar yuzasidan tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir davomida eng avvalo yoshlarga qishloq xo‘jaligi yer maydonlari ajratish hamda “Bir dalaga – bir mahsulot” tamoyili asosida ekin ekish jarayonlari bilan tanishildi.
Paxtakor mahalla fuqarolar yig‘inining Yangi hayot qishlog‘ida yoshlarni dehqonchilik bilan shug‘ullanishlari va ularga daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashish maqsadida 5 gektar yer dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ajratilgan. 19 ta lotlarga ajratilgan yer maydonlarida yoshlar “Bir dalaga – bir mahsulot” tamoyili asosida poliz ekinlari ekishib, daromad olish uchun harakat va mehnat qilishmoqda. Agar bu yerlar 30 yil muddatga berilishini hisobga olsak, har qanday oila turmush tarzini yaxshilashi uchun katta imkoniyatdir.
Viloyat Mudofa boshqarmasi xodimlariga biriktirilgan va otaliqqa olingan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar bilan tanishish hamda yoshlarni Vatanga bo‘lgan muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar doirasida tuman Madaniyat markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbir ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi. Qolaversa, tadbir yoshlarimizning milliy armiyamiz va uning kuch-qudratiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamladi. Harbiylar bilan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan muloqot hamda suhbatlar yoshlarning harbiy burchga bo‘lgan qiziqishini, ona Vatanga muhabbat, sadoqatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Shuningdek, bugun yoshlarning ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etishga qaratilgan tadbirlar ham bo‘lib o‘tdi.