Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FUQAROLARNING MUROJAATLARINI JOYIDA HAL ETISH CHORALARI KO‘RILMOQDA
2024-04-20 19:40:27 283
Qo‘shtepa tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Z.Turdiyev tomonidan Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘ini binosida ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 10 nafar fuqarolarning 4 nafari bolalar nafaqasi, 4 nafari sanatoriyaga borish, 1 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro nogironlik guruhi va 1 nafar fuqaro farzandini davolatish masalasida murojaat qildilar.
Mazkur murojaatlardan 3 tasi joyida ijobiy hal etilib, qolgan murojaatlarni o‘rganib, qonuniy hal etishlik uchun markazning tegishli mutaxassislariga ko‘rsatmalar berildi.
Qo‘shtepa tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi tomonidan barcha mahallarda muntazam ravishda fuqarolar ishtirokidagi sayyor uchrashuvlar o‘tkazib borilishi keng yo‘lga qo‘yilib, fuqarolarning murojaatlarini joyida hal etish choralari ko‘rib borilmoqda.