Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLAR MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
2024-04-20 19:28:53 279
Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Raximov va Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayevlar 2-sonli kasb-hunar maktabida Shahartepa mahallasida yashovchi 20 nafarga yaqin yoshlar bilan uchrashdi va ularni qiynab kelayotgan muammo hamda kamchiliklarini eshitishdi.
Yoshlarning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning bandligini ta’minlash, zamonaviy kasb-hunarlar va tadbirkorlikka jalb etish, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish masalasi ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvning bosh maqsadi bo‘ldi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan har bir muammolar batafsil muhokama etilib, ularning ba’zilariga shu yerning o‘zida yechim topilgan bo‘lsa, bajarilishi muddat talab etadigan ayrim masalalarning ijobiy yechimi yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.