Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 137 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"SPORTNI SEV, SPORT BILAN YASHA" SHIORI OSTIDA "ADLIYA KUBOGI" SPORT MUSOBAQALARI TASHKIL ETILDI

×

 2024-04-18 17:16:04    225

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tuman adliya bo‘limiga hududdagi "Fayz" mahallasida yashovchi 250 nafar yoshlar biriktirilgan. Bugunda ular bilan bevosita manzilli ishlar olib borilmoqda. Har bir yosh adliya e’tiborida va ularga yaqindan ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada oshirish, sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

"Adliya kubogi" sport musobaqalarining ochilish marosimida hamkor tashkilotlarning rahbarlari ham ishtirok etishdi. Tadbirda so‘z olganlar hozirgi vaqtda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, imkoniyatlar va yangiliklar haqida so‘z yuritishdi.

Shuningdek, tadbirning badiiy qismida harbiy chiqishlar namoyish etildi. Shu bilan birga harbiy xizmatchilarning ish faoliyatiga doir tashkillangan ko‘rgazmalar ham yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

"Adliya kubogi" doirasida stol tennisi bo‘yicha bahsga start berildi. Keskin va murosasiz o‘tgan o‘yinda sport bilan muntazam shug‘ullanadigan yoshlar saralandi. Ular yakkalik o‘yinlarida ham yaxshi natijalarni ko‘rsata olishdi.

Bundan tashqari "Adliya kubogi"da o‘quvchi yoshlar uchun viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tayorlangan videoroliklar namoyish etildi.

















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram