Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA “BIZ BIR BO‘LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ!” SHIORI OSTIDAGI MADANIY-MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI
2024-04-18 16:48:56 354
Avval xabar berganimizdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Kinematografiya agentligi tomonidan tashkil etilgan “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida loyihalar bu gal viloyatimiz bo‘ylab start oldi.
18-20-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati va O’zbekiston Kinoarboblari uyushmasi a’zolari hamda taniqli olimlar va ziyolilar bilan uchrashuvlar, yangi kinofilmlar taqdimoti, ijodiy kechalar tashkil etiladi.
Bugun Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida ham Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Kinematografiya agentligi tomonidan tashkil etilgan “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Taniqli olimlar, san’atkorlar va ziyolilar bilan o‘tkazilgan ijodiy uchrashuvda adabiyot va san’at namoyondalari, shuningdek, keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida mehmonlar tomonidan badiiy va madaniy chiqishlar namoyish etildi. She’rlar qo‘shiqlarga, qo‘shiqlar esa raqslarga ulanib, barcha birdek madaniy xordiq chiqardi.
Tadbir davomida namoyish etilgan “O’zbek qizi” nomli badiiy filmi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.