Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MIB QO‘SHTEPA TUMANI BO‘LIMI XABAR QILADI: QARZDORNING NEXIA 3 RUSUMLI AVTOTRANSPORTI E-AUKSION SAVDOLARIGA CHIQARILDI
2024-04-18 07:55:20 227
Byuroning Qo‘shtepa tuman bo‘limi ish yurituvida FIB Marg‘ilon tumanlararo sudining 2023 yil 28 dekabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor R.Axmedovdan undiruvchi Kapital bank ATB foydasiga 140.456.000 so‘m qarz undirish, undiruvni garov mulki bo‘lgan NEXIA 3 rusumli avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib, mazkur qarzdorga berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdor tomonidan bartaraf etilmaganligi sababli garov mulki bo‘lgan NEXIA 3 rusumli avtotransport vositasi xatlangan va E-AUKSION savdolariga chiqarilgan.
Kim oshdi savdolarida 112.480.000 so‘mga baholangan mulk 114.749.600 so‘mga Z.Muftillayev tomonidan yutib olindi va mazkur avtortansport vositasi auktsion g‘olibiga topshirildi.