Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPADA 15 APREL – “MADANIYAT VA SAN’AT XODIMLARI KUNI” MUNOSIB NISHONLANDI
2024-04-15 16:30:45 204
15 aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida soha vakillari uchun bayram dasturxoni yozildi. Bayram tadbiriga sohada uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan mehnat faxriylari hamda bugungi kunda fidoyilik bilan ishlayotgan faollar taklif qilindi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, Yangi O’zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini asrab-avaylash va targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti va havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yoshlarda madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, 15 aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni sifatida nishonlana boshlandi.
Ta’kidlash joizki, keyingi yillarda yurtimizda, xususan, Qo‘shtepada ham soha rivoji yo‘lida muayyan ishlar amalga oshirildi. Tumanda mavjud madaniyat markazlari ta’mirlanib, aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Bugun bo‘lib o‘tgan bayram tadbirda tuman hokimi Anvarjon Abdullayev va sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan tuman rahbari soha fidoyilarini samimiy tabrikladi. Ta’kidlanganidek, so‘ngi yillarda mamlakatimizda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi O’zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini asrab-avaylash va targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti va havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yoshlarni madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bayramda sohaning ilg‘or xodimlari va faxriylariga sektor rahbarlari tomonidan faxriy yorliq va sovg‘alar taqdim etildi.