Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 141 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASINING BAHORGI MAVSUMI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZILMOQDA

×

 2024-04-13 18:10:18    216

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepada “Yashil makon” umummilliy harakatining bahoriy mavsumi faollik bilan o‘tkazilmoqda. Bahor mavsum ishlarida tumandagi barcha korxona, tashkilot va muassasa ishchi xodimlari, ko‘ngillilar ishtirok etib, tozalik, obodonchilik uchun turli xil ko‘chatlar ekib o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

Umummilliy loyiha doirasida hududda daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari kuchayib, bog‘lar, ihotazorlar maydoni borgan sari kengayib bormoqda. Jumladan, A-373 “Toshkent-O’sh” avtomobil yo‘lining tumanimiz hududidan o‘tuvchi qismining yo‘l bo‘yi mintaqasiga besh ming tupdan ziyod zarang, yasin, katalpa, sakura darxtlari hamda mojjevelnik archa ko‘chatlari ekilmoqda. Zero, qishi izg‘irinli, yozi garimsel, qumzorlar bag‘rida joylashgan tumanimizning ushbu cho‘l hududi uchun bu suv va havodek zarur.

Ko‘chat ekish jarayonida tuman hokimi Anvarjon Abdullayev va sektor rahbarlari, shuningdek mas’ul idoralarning vakillari ham ishtirok etishdi. 



















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram