Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA SAYXUNOBOD HAMDA UYCHI TAJRIBASI OMMALASHMOQDA

×

 2024-04-13 14:38:37    220

PDF yuklash
Chop etish


 

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan aholining doimiy daromad manbaini oshirish, tomorqadan unumli foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirish maqsadida Sayxunobod va Uychi tajribasi ommalashmoqda. Xususan, Qo‘shtepa tumanida ham bu borada aniq manzilli ishlar olib borilmoqda.

Bugun Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Xabibjon Sirojitdinov va mas’ul idoralarning vakillari Qo‘shtepa tumanida bo‘lib Langar, Kattabeshkapa, Loyson hamda Shodlik mahallalarida Sayxunobod va Uychi tajribasi asosida mahallabay ishlash, tomorqa va xonadonlardagi imkoniyatlardan foydalanib, aholi daromadlarini oshirish masalalarida xonadon vakillari bilan uchrashdi.

Shuningdek, “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ajratib berilayotgan yer maydonlarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida mahalla mas’ullari bilan istiqboldagi vazifalar yuzasidan suhbat o‘tkazildi va mahallalardagi muammolarni o‘z vaqtida hal etish, mavjud imkoniyatlarini to‘liq ishga solish orqali daromadlarini oshirish bo‘yicha zaruriy taklif va tavsiyalar berildi.









 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram