Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“AYOLLAR DAFTARI”: XOTIN-QIZLAR UCHUN IMKONIYAT

×

 2024-04-13 11:06:27    181

PDF yuklash
Chop etish


“Endi tikuvchilik qilib, oilamga daromad olib kiraman” deydi Gulafzal Soliyeva

Hayit bayrami arafasida sektor rahbarlari ishtirokida Qo‘shtepa tumanida “Ayollar daftari”ning 5-bosqichiga olingan 30 nafar xotin-qizlarni bandligini ta’minlash maqsadida subsidiyaga tikuv mashinalari topshirilgan edi. Avval kasb-hunarga o‘qitilib, bandligi ta’minlangan ayollarimiz hozirda o‘z faoliyatlarini olib borishmoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, bugun xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar ularni hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari va munosib hayot sharoitida yashashlari uchun ulkan imkoniyat bo‘lmoqda.

– Bu tikuv mashinasi biz ayollar uchun bayramga sovg‘a bo‘ldi, – deydi Namuna MFYda yashovchi Gulafzal Soliyeva. – Tikuvchilik qilishga ishtiyoqim baland edi. Lekin mana shunday zamonaviy tikuv mashinasini olishga qiynalayotgandim. Bugun esa mana orzuyim va maqsadimga erishib turibman. Endi tikuvchilik qilib, oilamga daromad olib kiraman. Buning uchun davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan bunday xalqchil islohotlardan mamnunmiz, albatta.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram