Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
11 NAFAR ISHSIZ FUQAROLAR DOIMIY ISH BILAN TA’MINLANDI
2024-04-13 08:29:29 170
Qo‘shtepa tumanidagi Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Feruza Toshboltayeva oilaviy daromadini oshirish maqsadida imkoniyatlaridan kelib chiqib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Mahalla hokim yordamchisi B.Taniqulovning tavsiyasiga ko‘ra imtiyozli kredit asosida 30 million so‘mlik 10 dona tandir, subsidiya asosida 10 million so‘mlik pishiriq pechi, 10 dona bepul quyon bilan ta’minlanib, 3 ta yo‘nalishda paket tayyorlandi.
Feruza Toshboltayeva bugunning talabidan kelib chiqib, non ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. Ish boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, qisqa muddat ichida hududdagi 11 nafar ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minladi.