Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDAGI MASJIDLARDA HAM RAMAZON HAYITI MUNOSABATI BILAN BAYRAM NAMOZI ADO ETILDI

×

 2024-04-10 09:08:57    262

PDF yuklash
Chop etish


 

Ramazon hayiti munosabati bilan yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlar qatori qo‘shtepaliklar ham erta tongdan masjidlarda hayit namozini o‘qishdi.

Namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida barcha zarur ishlar amalga oshirildi. Masjidlarga tutash ko‘chalar vaqtincha yopilib, namozxonlar uchun joy ajratildi. Ichki ishlar, sog‘liqni saqlash va boshqa mutasaddi idoralar vakillari navbatchiligi tashkil etildi.

Ayyom arafasida bayramni munosib kutib olishga o‘ziga xos taraddud ko‘rildi. Aholi yashash joylari, ko‘chalar, xiyobonlar, masjidlar, muqaddas qadamjolar, qabristonlar hamda ularning atrofi tartibga keltirilib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Albatta, bunday xayrli amallar xalqimiz o‘rtasida mehr-oqibat rishtalari hamda tinchlik-totuvlik, o‘zaro hamjihatlik muhitining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Xalqimiz uchun ezgulik va muruvvat, ruhiy poklanish oyi hisoblangan ushbu qutlug‘ kunlarda tumandoshlarimiz tomonidan yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida duolar qilindi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram