Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLARGA EKIN EKIB DAROMADGA EGA BO‘LISHLARI UCHUN YER TARQATILDI

×

 2024-04-09 16:14:46    291

PDF yuklash
Chop etish


 

Xabaringiz bor, joriy yilning 12 fevral kuni yoshlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Davlatimiz rahbari tomonidan qishloq xo‘jaligidan yer ajratish orqali yoshlarni ish bilan ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Ushbu topshiriqlar ijrosidan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qaroriga asosan Qo‘shtepa tumanida ham dehqonchilik qilish istagini bildirgan yoshlarga 30 yil muddatga ijara asosida berilishi belgilandi.

Xususan, bugun tumandagi “Qumtepa Qamishtepa” MMTP hududidagi “Soyibjon Abdujabbor” fermer xo‘jaligida qo‘shtepalik yoshlar ishtirokida “Qo‘shtepa tumanida yoshlarga yer ajratish loyihasi amalda!” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi A.Abdullayev va sektor rahbarlari, Yoshlar ishlari agentligi viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.G’aniyev, shuningdek mas’ul idoralarning rahbarlari hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining mas’ullari ishtirok etishdi.

Tuman hokimi boshchiligida, tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi va Yoshlar ishlari tuman bo‘limi tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni yerdan samarali foydalangan holda mo‘may daromad olishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Soyibjon Abdujabbor” fermer xo‘jaligidagi 9 gektar unumdor yer maydonidan 1-sektor hududidagi G’ishtmon va Namuna mahallalarida istiqomat qiluvchi 44 nafar yoshlarga 20 sotixdan yer ajratib berildi.

Yoshlar bu kabi ishlardan minnatdor ekanliklarini bildirib, kelgusida ushbu yerlardan oqilona foydalanib oilaviy daromadlarini oshirishda ularga berilgan eng yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidlab o‘tishdi.

 








 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram