Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 155 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA 500 DAN ZIYOD OILALARGA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TARQATILDI

×

 2024-04-08 18:28:53    125

PDF yuklash
Chop etish



Ayni muborak kunlarda Qo‘shtepa tumanida ham hayrli tadbirlar keng quloch yoydi. Mas’ullar tomonidan yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan, bemorlar xolidan xabar olinmoqda, ularga moddiy va ma’naviy ko‘maklar ko‘rsatilib, oilalarga quvonch, bayram kayfiyati ulashilmoqda.

Ezgu tadbirlar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, keksalar va “daftar”larga kiritilgan fuqarolar xonadonlariga borilib, ularga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda. Xonadon a’zolari hayit ayyomi bilan qutlanmoqda.

Jumladan, bugun muqaddas oy munosabati bilan Qo‘shtepa tumanidagi 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ehtiyojmand, yakka yolg‘iz yashovchi, kam ta’minlangan va nogironligi bo‘lgan jami 500 dan ziyod oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hamda xomiylar tomonidan 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Shuningdek, “Marg‘ilon sahovati” tomonidan ham tumanimizdagi 50 dan ziyod extiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Ushbu oziq-ovaqat mahsulotlari mahallalardagi mas’ullar tomonidan yetkazib berildi.



 












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram