Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOMORQA HAQIQIY DAROMAD MANBAIGA AYLANISHI KERAK
2024-04-08 14:12:21 186
Davlatimiz rahbari Sayxunobod tumanida faollar va aholi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida "Tomorqadan oqilona foydalanishda tub burilish yasashimiz kerak" - dedilar va bu borada mamlakatimizning barcha hududlarida amaliy ishga kirishish zarurligini bildirdilar.
Qo‘shtepa tumanida ham aynan yuqoridagi topshiriq ijrosi bo‘yicha ish tashkil etilmoqda. Bugun viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Maxsudali Saydullayev tumanning Qo‘rg‘oncha, Langar, Kattabeshkapa mahallalarida bo‘lib, Sayxunabod va Uychi tumani tajribasi bo‘yicha 5-7 tadan tanlangan xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Maxsudali Saydullayev aholi vakillari bilan suhbatlashilib, ularning mavjud imkoniyatlarini to‘liq ishga solish orqali daromadlarini oshirish bo‘yicha zaruriy taklif va tavsiyalarini berdi.