Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“BIR KONTUR – BIR MAHSULOT” TAMOYILI BILAN DEHQONCHILIK QILISH, SALMOQLI DAROMAD KAFOLATIDIR
2024-04-08 09:59:43 274
“Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida hududlarda tuproq iqlim sharoiti, fuqarolarning dehqonchilik madaniyati hamda ichki iste’mol bozorlarida aholining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib qishloq xo‘jalik ekinlari joylashtirilmoqda.
Jumladan, Qo‘shtepa tumanining Solijonobod mahalla fuqarolar yig‘ini xududidagi 1452-konturda “E-Auksion” dasturi orqali ochiq tanlovda g‘olib bo‘lgan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda ishsiz bo‘lgan jami 29 nafar fuqarolarga dexqon xo‘jaliklari yuritish uchun 4.35 gektar maydon mahalladagi hokim yordamchisining ko‘magida 15 sotixdan taqsimlab berildi. Bugungi kunda ushbu konturda sabzavot, poliz ekinlari ekilmoqda.