Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2024-04-06 18:09:40    202

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev bugun hududlarda bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan bahorgi yumushlar, chigit ekishning borishi, g‘alla maydonlarida olib borilayotgan bahorgi oziqlantirish hamda sug‘orish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tuman hokimi dastlab "Baxt Yo‘ldosh Oxun" MMTP hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan "Yangi ariq do‘stlik sari" va "Ziroat baxt", "Qoraqushchi Otaboyev" MMTP hududidagi "Og‘abek Davlat yeri" fermer xo‘jaliklari dalasida bo‘lib, joriy yil hosili uchun chigit ekilishi rejalashtirilgan hamda g‘alla maydonlarida olib borilayotgan bahorgi oziqlantirish va sug‘orish ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, "A.Yassaviy Loyson" MMTP hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan "Komiljon ota Qobulov" nomli fermer xo‘jaligi dala maydonlarini ham ko‘zdan kechirdi.

Tuman hokimi tomonidan chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash, texnikalar kuchidan samarali foydalanish, g‘alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida bajarish, jarayon ishtirokchilariga yetarli sharoit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram