Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 146 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILGANGA TOMORQA - QO‘SHIMCHA DAROMAD MANBAI

×

 2024-04-06 10:31:50    280

PDF yuklash
Chop etish



Tomorqa daromad manbai ekanligi hech kimga sir emas. Bugungi kunda yil bo‘yi qishloq xo‘jalik ekinlaridan hosil yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. Albatta buning uchun issiqxonalar qurilsa kifoya. 

Keyingi paytlarda Qo‘shtepa tumanida ham kundan-kunga issiqxonalar soni oshmoqda. Qurilgan issiqxonalarda mehnatkash tomorqachilar ziravor ko‘katlar, oziq-ovqat mahsulotlari, gul ko‘chatlari hatto tsitrus mevalarni parvarishlash bo‘yicha ham katta tajribaga ega bo‘lishayotir.

Shomirzalik Mirzayevlarni mahalladagi namunali tomorqachilardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Jaxongir Mirzayev ota-onasidan ko‘chatchilik sir-asrorini o‘rgandi. Oilali bo‘lib, o‘z xonadonida ham ko‘chat yetishtirishni yo‘lga qo‘ydi. Mahalladagi hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra ikki yil oldin 19 million so‘m imtiyozli kredit olib 2,5 sotixlik issiqxona qurdi. Mana, ikki yildirki issiqxonasida hamda tomorqasining qolgan qismidagi maxsus moslangan yerda  pomidor, qalampir, baqlajon, karam ko‘chatlarini parvarishlab, qo‘shimcha daromad topmoqda.

– Har bir qarich hosildor yerni qadrlashimiz kerak, – deydi Jaxongir Mirzayev. – Ko‘chatchilik bilan oilaviy shug‘ullanamiz. Ota uyimizdagi 12 sotix tomorqada ham har yili ko‘chat yetishtiriladi. Ayni kunlarda ko‘chatlarni mahalladoshlarimizga, qolaversa ichki bozorga olib chiqib sotib, mehnatimizni samarasini ko‘rayapmiz.

Bir so‘z bilan aytganda, bu xonadonning barcha a’zolari yerga mehr berib mehnat qilishadi. Ushbu mehnatkash oilaning inoqligi va ro‘zg‘oridagi qut-barakasi bilan hamqishloqlariga ibrat bo‘lmoqda. Ularning mehnatsevarligi ertangi kunga ishonchidan dalolatdir.






 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram