Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI
2024-04-06 09:30:44 271
O’quvchilarni mantiqiy fiklashga o‘rgatish, ularni intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.
O’tkazilgan bellashuvda 9-sinflardan tashkil topgan "Liderlar", 10-sinflardan tashkil topgan "Briliand" hamda 11-sinflardan tashkil topgan "Bilimdonlar", "Do‘stlik" jamoalari ishtirok etdilar.
O’yin yakuni bo‘yicha murosasiz kechgan bellashuvda 9-sinflarning "Liderlar" jamoasi qolgan jamoalarni ortda qoldirib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.