Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI QO‘SHTEPA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-04-05 12:21:21    242

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani Kengashining navbatdagi oltmish yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiya ishida Qo‘shtepa tumanida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yil 16-yanvar kuni “2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan ustivor vazifalar to‘g‘risida”gi 4-sonli yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan “Yo‘l xarita”sini tasdiqlash, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvar kungi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2024 yil 1-choragi davomida sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i I.Xamroqulovning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish” sohasida tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2024 yil 1-choragi davomida olib borilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti, Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani Kengashining bo‘shab qolgan o‘rinlariga bo‘lib o‘tgan saylov natijalari bo‘yicha tuman saylov komissiyasining axboroti to‘g‘risida hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya davomida Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Sharopov 2024 yil 31 mart yakshanba kuni, bo‘shab qolgan Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani Kengashining 22-Solijonobod saylov okrugiga saylov bo‘lib o‘tganligini, bunda O’zbekiston liberal demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan Abdullayev Anvarjon Aliyevich nomzodi 81,9 foiz ovoz to‘plab g‘olib deb topilganligini aytib o‘tdi. Hamda barcha sessiya ishtirokchilari nomidan Abdullayev Anvarjon Aliyevichni Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashi deputati etib caylanganligi bilan tabrikladi.

Kun tartibidagi har bir masala deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi. Deputatlar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachilar aniq misollar orqali batafsil javob qaytardi.

Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.



















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram