Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IZLAGAN IMKON TOPAR: “O’Z YURTIMIZDA HAM MEHNAT QILIB, O‘SHA PULNI TOPSA BO‘LAR EKAN” DEYDI MIGRATSIYADAN QAYTGAN XOMIDJON NO‘MONOV

×

 2024-04-05 08:25:26    60

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumanidagi Solijonobod mahalla fuqarolar yig‘ining o‘sish nuqtasi drayveridan biri xizmat ko‘rsatish sohasini tashkil etadi. Shu sababdan mahallada bu sohaga qiziqish bildirayotgan ko‘plab yoshlarni uchratish mumkin.

Shuday tashabbuskor yoshlardan biri Xomidjon No‘monov joriy yilning fevral oyiga qadar bir necha yillar xorijda migrant sifatida ishlab kelgan. Mamlakatimizga qaytgach, mahalla hokim yordamchisi Sherzodbek Raxmonov bilan maslahatlashib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagi borligini aytdi. Shundan so‘ng unga hududdagi bo‘sh turgan maydon  tavsiya etildi. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida Xalq banki Qo‘shtepa filiali tomonidan uskuna uchun imtiyozli kredit ajratilib, o‘z faoliyatini boshladi. 



– O’zga yurtlarda musofirchilikda qiynalib yurardim, mana davlatimiz rahbariga katta rahmat, shunchalik sharoit yaratib berdilar. O’z yurtimizda ham mehnat qilib, o‘sha pulni topsa bo‘lar ekan, – deydi  Xomidjon No‘monov.

Yosh tadbirkor bugungi kunda yog‘och maxsulotlariga ishlov beruvchi lentali arrada xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etdi va uning mijozlari kundan kun ko‘payib, daromadi ham ortib bormoqda.

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram