Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“TURON” MAKTAB TEATRI TANLOVINING TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-04-04 15:13:23    235

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida Maktabgacha va maktab ta’limi, madaniyat vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qatnashgan Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilafruz Qosimovalar ishtirokchilarga omad tiladilar.

O’quvchilarda notiqlik san’ati va sahna madaniyatini shakllantirish, ta’lim muassasalaridagi o‘quvchilar teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan tanlovning mazkur bosqichida 7-11-sinf o‘quvchilaridan iborat tumandagi maktablarning 8 ta jamoalar ishtirok etdi.

Tashkilotchilar tomonidan nufuzli talovni talablar asosida va adolatli o‘tish choralari ko‘rilib, har bir jamoaning chiqishlari soha mutaxassislaridan iborat hay’at a’zolari tomonidan odilona baholab borildi.

Tanlov Nizomiga asosan ishtirokchilar 3 ta shart bo‘yicha baholanib bordilar. Umumiy natijalarga ko‘ra “Turon” maktab teatri respublika tanlovi tuman bosqichida 3-o‘rinni 6-maktabning “Nihol”, 2-o‘rinni 17-maktabning “Ilm mash’allari” jamoalari egalladi. 35-maktabning “Chig‘atoy” jamoasi tanlovning mutloq g‘olibi deb topildi.






















 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram