Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDAGI 11-MAKTABDA HARBIYLASHTIRILGAN SINF OCHILDI (FOTO LAVHA)

×

 2024-04-03 16:01:05    108

PDF yuklash
Chop etish



Harbiylarni yoki milliy gvardiyachilarni ko‘rgan yoshlarning qalbida ularga o‘xshash ishtiyoqi alanga oladi. Egniga maxsus libos kiyishni, vatan xizmatiga otlanishni istashadi. Vatanparvar, o‘z burchiga sodiq yoshlarni kamol toptirish maqsadida viloyatimizda harbiy vatanparvarlikka ixtisoslashgan “Yosh gvardiyachilar” sinflari tashkil etilmoqda.

Jumladan, bugun Qo‘shtepa tumanida joylashgan 11-maktabda “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinfining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasining mas’ullari, tuman hokimligi, tuman Qo‘riqlash bo‘limi, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda bo‘limining mas’ullari, mahalla faollari, ustoz-pedagoglar va keng jamoatchilik vakillari, ota-onalar ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olgan Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik A.Mo‘sinov hamda tuman hokimining o‘rinbosari A.Yusupovlar ushbu sinflarni tashkil qilishdan asosiy maqsad ta’lim sohasi va o‘quv sifatini yaxshilash bilan birgalikda umumta’lim maktablarida kelajagimiz bo‘lmish yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maktabdagi tartib-intizom, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan manzili chora tadbirlardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.

Tadbir doirasida o‘quvchilar qasamyod qabul qildilar. Milliy gvardiya xizmatchilarining jangovar chiqishlari, tuman madaniyat bo‘limi va maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur namoyish etildi.

Harbiy vatanparvarlikka ixtisoslashgan Milliy gvardiya sinfi uchun ta’lim maskanining 8-sinf o‘quvchilari saralanib, mashg‘ulot xonasi belgilangan tartibda jihozlandi, o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoit yaratildi. Tadbir ishtirokchilari ushbu sinfda bo‘lishib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, muassasa o‘quvchilari va mehmonlar ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida maktab bog‘iga ko‘chatlar ekildi.

Tadbir yakunida, Milliy gvardiya mutaxassislari tomonidan o‘quvchilar uchun jasorat darslari olib borildi. Unda yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, qadriyatlarimiz, shonli tariximiz, vatanparvar ajdodlarimiz haqida so‘z yuritilib, tinchlikni qadriga yetish muhimligi ta’kidlandi. 

Aytish kerak, endilikda bu sinfda o‘g‘il-qizlarga muntazam ravishda harbiy saboqlar berilib, ularning bilim va ko‘nikmalari oshirib boriladi. Bu esa o‘sib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni respublikamizning nufuzli harbiy oliy ta’lim muassasalariga tayyorlashga xizmat qiladi.  





































Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram