Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 151 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUBORAK RAMAZON OYI MUNOSABATI BILAN XAYR-SAXOVAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2024-04-03 15:17:59    131

PDF yuklash
Chop etish


 

Muborak ramazon oyining ma’naviy hayotimizda ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat kabi olijanob qadriyatlarni qaror toptirishdagi ahamiyati beqiyos. Ushbu oyda e’tiborga muhtoj insonlar holidan xabar olish xalqimizga xos ma’naviy qadriyat hisoblanadi. Bu oyda kishilar bir-birini yo‘qlaydi, sovg‘a-salomlar beriladi, homiylik yordamlari ko‘rsatiladi. Iftorlik dasturxonlari yozilib, ko‘ngillar shod etiladi.

Qo‘shtepa tumanida ham muborak oy munosabati bilan xayr-saxovat tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, tuman Tibbiyot birlashmasida ham xayrli ishlar davom etmoqda. Bugun, Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i (v.v.b) X.Teshaboyev rahbarligidagi mas’ullar birlashmada faoliyat olib borgan vafot etgan hamda kam ta’minlangan xodimlarning xonadonida bo‘lishib, ularning xolidan xabar olishdi.

Xonadon egalari o‘zlariga ko‘rsatilgan e’tibordan mamnun bo‘lib, yurtga tinchlik-farovonlik, oilalarga totuvlik, ro‘zg‘orga baraka tilab duolar qilishdi.

 




 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram