Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ER BILAN TILLASHGAN KAM BO‘LMAYDI: TOMORQADAN 70 MILLION SO‘M SOF FOYDA

×

 2024-04-02 08:59:01    106

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumanidagi Sarmozor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi

Yusubxon Marupovlar oilasi 2007 yildan buyon gulchilik bilan shug‘ullanib keladi. Oilaning asosiy daromad manbai gulchilik hisoblanib, gul, gul ko‘chatlari yetishtirish bo‘yicha o‘ziga xos tajriba maktabini yaratgan.

Marupovlar shaxsiy tomorqasining har bir qarich yeridan samarali foydalanadi. 2008 yilda 5 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etilib, 50 turdagi gul ko‘chatlari yetishtirilgan bo‘lsa, hozirda mazkur issiqxonada 150 turdagi 20 mingdan ziyod gul ko‘chatlari parvarishlanmoqda. Gullar asosan urug‘idan hamda qalamchasidan ko‘paytiriladi.

Oila boshlig‘i Yusubxon Marupov gulchilikning nozik sir-asroridan yaxshigina xabardor. Shuning uchun ham gul o‘stirish uchun maxsus gumus tuproqni gulchining o‘zi tayyorlaydi.

Xonadonda yetishtirilayotgan pitomiya, salviya, katarantus, shafran, vaginyar palma, kanar palma, georgina, gvozdika, shiflera, fikus (qora shaxzoda), gibiskus (xitoy atirguli), meyson begoniya, agava, geran, spatifillum (ayol baxti), xamedoreya kabi va boshqa turdagi gul ko‘chatlari respublikamizning turli viloyatlari shuningdek qo‘shni respublikalarga ham yetkazib berilmoqda.

Eng muhimi yilning to‘rt mavsumida tomorqadan samarali foydalanish evaziga, yildan yilga daromad ham ortib bormoqda. Xususan, 2023 yilda

70 million so‘m daromad olindi. Qolaversa mahalladagi 5 nafar ishsiz, mehnatga layoqatli xotin-qizlar ish bilan ta’minlangan.

Sarmozorlik har bir fuqaro Yusubxon Marupovning mirishkor dehqonligi-yu, mehnatsevarligi to‘g‘risida faxr bilan so‘zlashadi.

Yusubxon Marupovning mehnatsevarligi tufayli hovlidagi har qarich yer daromad manbaiga aylangan. Ayni paytda u tomorqachilik bobida boshqalarga ham ko‘mak berib keladi. Har yili ming tupgacha ko‘chatlarni bepul tarqatib, ekishda, parvarishlashda mahalladoshlariga beg‘araz yordam va maslahatlarini berib kelmoqda.






 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram