Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 166 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"MENING QAYNONAM ENG OQILA AYOL" TANLOVINING TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-03-29 21:10:37    125

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida oilalarni mustahkamlash, ajrimlarni oldini olish, ibratli qaynonalarni rag‘batlantirish va ularning namunali hayotini targ‘ibot qilishga qaratilgan "Mening qaynonam eng oqila ayol" shiori ostida respublika tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ushbu tanlovning sektor bosqichi g‘oliblari o‘zaro bellashdilar.

Qizg‘in o‘tgan bellashuvda kelin qizlarimiz o‘z qaynonalarining eng yaxshi xislatlarini ochib berishga harakat qilishdi.

Tanlovda ishtirokchilarning bilimlarini, chiqishlarini nizom asosida baxolashda tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva, viloyat Oqila ayollar harakati rahbari Yu.Raximova, tuman Oqila ayollar harakati rahbari D. Yusupova va tumanning lider ayollari xolisona hakamlik qildilar.

Tanlov yakuni bo‘yicha g‘oliblar tuman hokimligining diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tanlovning tuman bosqichi g‘olibi bo‘lgan Karnaychi mahallasi vakillari viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram