Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PAVLONIYA VA “AVATAR” UZUM KO‘CHATLARI XARIDORGIR BO‘LMOQDA
2024-03-28 12:07:58 232
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda pavlovniya daraxtiga qiziqish ortib bormoqda. Qo‘shtepa tumanidagi Garmdon MFYda yashovchi Yunusxon Mirzaxonovlar oilasi 2016 yildan buyon pavlovniya ko‘chati yetishtirish bilan shug‘ullanib kelishmoqda.
Ular dastlab, 2-3 mingta ko‘chat yetishtirgan bo‘lsa, bu yilga kelib, sotiladigan ko‘chatlar soni 60 ming donaga yetdi. Qolaversa ko‘chatlar qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston respublikalariga ham eksport qilinmoqda. Bugunga kelib mahalladagi 20 nafar ishsizlarning bandligi ta’minlandi.
Yunusxon Mirzaxonov bu yil yana bir ishga qo‘l urdi. 2004-yilda AQShning “International Fruit Genetics” kompaniyasi olimlari tomonidan yaratilgan “Avatar” uzum navi qalamchalaridan yangilik sifatida 6 ming dona yetishtirdi. Yuqori hosildorlik, donalarining yirikligi, qand miqdorining yuqoriligi, rangining o‘ziga xosligi bilan bozorda boshqa navlarga nisbatan qimmat yuradigan “Avatar” uzum ko‘chatlari xaridorgir bo‘lmoqda. Eng muhimi tomorqadan unamli foydalangan dehqon yer bilan tillashib yaxshigina daromad topmoqda.