Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2024-03-25 13:54:16 185
Qo‘shtepa tumanida xotin-qizlarni doimiy ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, Solijonobod mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullarining tashabbusi bilan mahalla hududida bo‘sh turgan binodan samarali foydalanish maqsadida ipak gilam to‘qish va baxmal ishlab chiqarish tsexi ishga tushirildi. Bugungi kunda ushbu tsexda 50 nafarga yaqin ishsiz xotin-qizlar va yoshlarning bandligi ta’minlangan.
Tuman hokimi Anvarjon Abdullayev Solijonobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan gilam va baxmal to‘qish tsexi faoliyati bilan tanishdi.
Tuman hokimi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlariga tsex faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.