Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

22-mart “Mahalla tizimi xodimlari kuni” munosabati bilan tuman hokimi Anvarjon Abdullayevning tabrigi

 2024-03-22 10:45:33    38

PDF yuklash
Chop etish


Hurmatli mahalla fidoiylari!

Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda ko‘p millatli butun xalqimizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan muhim sana – Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.

O’zini o‘zi boshqarishning noyob tizimi bo‘lgan bu idoraning nufuzini oshirish, uni chinakam xalq vijdoniga aylantirish, huquq va vakolatlarini kengaytirish, moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash borasida keyingi yillarda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu ishlar avvalo bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, xotin-qizlar, yoshlar, nuroniy otaxon va onaxonlarimizga manzilli yordam ko‘rsatish, fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, kambag‘allikni qisqartirish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bilan uyg‘un holda olib borilmoqda.

Ayniqsa, barcha soha va yo‘nalishlar bo‘yicha “mahallabay” ishlash tizimi keng joriy etilib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, mahallaga biriktirilgan soliq xodimi, ijtimoiy xodimdan iborat ta’sirchan tuzilma faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ijobiy samaralar bermoqda.

Buning tasdig‘ini mahallalarda tadbirkorlik rivojlanib, yangi ish o‘rinlari, doimiy daromad manbalari yaratilayotgani, barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit mustahkamlanib, jinoyatchilik kamayib borayotgani misolida ko‘rish mumkin. Birgina o‘tgan yilning o‘zida mahalla faollari ko‘magida minglab ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

Mahallalarni obod qilish, ularning infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlarimiz mamlakatimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirib, xalqimiz turmush darajasi va madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, yurtdoshlarimizning ijtimoiy faolligi, o‘z mahallasi, el-yurtimiz taqdiri va kelajagiga daxldorlik hissi ortib bormoqda. Bu borada “Tashabbusli byudjet” dasturi joriy etilgani muhim rol o‘ynamoqda. Ushbu dastur doirasida ilgari surilayotgan takliflar asosida aholi hayotiga taalluqli ko‘pgina dolzarb masalalar o‘z vaqtida va samarali hal etilmoqda.

Ayni paytda tumanimizda 51 ta mahallalar mavjud bo‘lib, barcha mahallalarda MFY xodimlari faoliyat olib borishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan. Aksariyat MFY idoralari yangidan qurildi. Mahalla markazlari tashkil etildi. Bundan keyin ham MFYlarda ish olib boradigan xodimlar aholi bilan bemalol ishlashi uchun sharoitlar yaxshilanib boraveradi.

Mahallalarimizni yanada obod va farovon etishda bundan buyon ham sizlarning kuch-g‘ayratingiz, boy bilim va tajribangiz, bunyodkorlik salohiyatingizga tayanamiz.

Sizlarni yana bir bor mahalla tizimi xodimlari kuni bilan muborakbod etgan holda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, mahalla osoyishtaligi va farovonligi yo‘lidagi fidoyilarcha olib borayotgan faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.