Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA XALQ SAYILI

×

 2024-03-19 15:20:11    202

PDF yuklash
Chop etish


 

YaNGI KUNGA PEShVOZ ChIQIB... (FOTO lavha)

Ona tabiatni sevish va ardoqlash, hayot gultoji bo‘lmish insonni qadrlash, Vatanga muhabbat va sadoqat kabi g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan Navro‘z xalqimizning eng qadimiy, asl milliy bayramidir. zero, bugun Qo‘shtepa tumanida umumxalq bayrami keng nishonlandi.

Erta tongdan Yangi kunga peshvoz chiqqanlar tuman Madaniyat markazi oldidagi maydonni to‘ldirdilar. Barchaning kayfiyatida bahoriy ko‘tarinkilik. Umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, mahallalar, tadbirkorlar va hunarmandlar o‘z mehnat mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkil etishdi. Xatto arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi ham tashkil etildi. Sportchilarning chiqishlari, yosh rassomlarning ijodiy ishlari va hunarmandlarning buyumlari sayil ishtirokchilari e’tiborini tortdi.

Doshqozonda sumalak qaynab, milliy urf-odatlarimizga ko‘ra chalpak solindi. Sumalak atrofidagi laparlar, aytishuvlar barchaga birdek quvonch ulashadi.  

Navro‘z sayili maydoniga tuman hokimi Anvarjon Abdullayev, sektor rahbarlari, tuman faollari kirib keladilar. Ular dastlab sayil ishtirokchilari – mehnat faxriylari, keng jamoatchilik, tadbirkorlar-u hunarmandlar hamda yoshlar bilan uchrashishadi, bayramona kayfiyatlari, yangi niyatlari bilan o‘rtoqlashadilar.

Tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan “Kitob marafoni” doirasida tadbirning faol ishtirokchilariga kitob sovg‘a qilindi.   

Shundan so‘ng tuman hokimi Anvarjon Abdullayev yangilanish va yasharish bayrami – Navro‘z ayyomi bilan barchani muborakbod etib, tantanali nutq so‘zladi.

Shundan so‘ng Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bilan “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” deb nomlangan katta bayram kontsert dasturi tayyorlanib, bayram ishtirokchilariga namoyish etildi. Sayil ishtirokchilariga elimiz ardog‘idagi san’atkorlar O’zbekiston xalq hofizi Ilhom Ibrohimov, Abdujalil Qo‘qonov, Nodir Xolboyev, Qodirjon Axmadaliyev hamda tumanimizning xushovoz xonandalari jo‘shqin qo‘shiqlarini tortiq qildilar. Navro‘zi olam sayilini jajji bolajonlarning qo‘shiq va raqslarisiz, askiyachilarning hazil-mutoyibalarisiz tasavvur etib bo‘larkanmi?! Bolajonlar va askiyachilarning chiqishlarini sayil ahli zavq-shavq bilan tomosha qildilar.

Sayildan hamma-hamma ko‘tarinki kayfiyatda qaytdi. Bahoriy bayramona xursandchilik xonadonlarga, mahallalarga, mehnat jamoalariga ko‘chgani tayin. Yangilanish ayyomi shukuhi mehnat jamoalari, mahallalar, xonadonlarda davom etmoqda.

 










































 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram