Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

CHIGIT EKISH MAVSUMI OLDIDAN SEMINAR O‘TKAZILDI

×

 2024-03-18 16:15:33    151

PDF yuklash
Chop etish



Erta bahorning har bir kuni dehqon-mirishkor uchun g‘animat va bu jarayonda ekin ishlarini obi-tobida olib borish ertangi mo‘l-ko‘l hosil olish garovidir. Boshqacha aytganda, xalqimiz dasturxonining to‘kinligini ta’minlash, rizq-ro‘zimizning butun bo‘lishi bugungi taraddud, sa’y-harakatga bog‘liq.

Qo‘shtepa tumanida joriy yil paxta hosili uchun 6 ming 890 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan.

Bugun, tumandagi “Xavasmand Qorajiyda” MMTPga qarashli “Mustaqillik” fermer xo‘jaligi dalasida chigit ekish  uchun amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari A.Tursunov, tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, nuroniylar, qishloq xo‘jaligiga daxldor korxona va tashkilot xodimlari, klaster hamda fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan A.Tursunov dehqonchilik mehnati og‘ir ekanligini, biroq to‘g‘ri harakat qilinsa, yerga o‘z vaqtida urug‘ qadalib, agrotexnik tadbirlar olib borilsa, mo‘l hosil olinishini ta’kidladi. Mavsum oldidan qilinajak ishlarni tajribali soha xodimlari bilan maslahatlashib amalga oshirilishi o‘ziga xos an’anaga aylanganligini va bu o‘z ijobiy natijasini ko‘rsatayotganini qayd etdi.

Shuningdek seminarda so‘zga chiqqan sohaning tajribali mutaxassislari tomonidan mutasaddilarga yerni ekishga tayyorlash va chigit ekishni qisqa muddatlarda va sifatli yakunlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

An’anaga muvofiq, yaxshi niyatlar bilan  fermer xo‘jaligi dalasida jonliq suyilib,  dehqonchilikka qut-baraka, mo‘l hosil so‘rab, ezgu duolar qilindi.









 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram