Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“OBOD VA FAYZLI MAHALLA — YURT KO‘RKI” SHIORI OSTIDA UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI DAVOM ETMOQDA

×

 2024-03-18 11:04:59    90

PDF yuklash
Chop etish


 

Yurtimiz bo‘ylab keng quloch yoygan umumxalq hashari barchani bir maqsad sari birlashtirdi. Ko‘tarinki kayfiyat va uyushqoqlik bilan bugun ham erta tongdan Qo‘shtepa tumani hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga kirishildi.

Barcha mahallalar hamda mehnat jamoalari hududlari tozalanib, ko‘chayu xiyobonlar, ko‘p qavatli uylar, guzar, ziyoratgoh va qabristonlar tartibga keltirilmoqda.

Har bir xonadon saranjomlanib, bahoriy kayfiyat kasb etmoqda. Joylarda dov-daraxtlarga ishlov berilib, yangi ko‘chatlar o‘tqazilmoqda hamda yashil bog‘ va gulzorlar yaratilmoqda. Ariq-zovurlar tozalanib, chiqindilardan xalos etilmoqda.

Mehr-oqibat, ahillik va poklikka yo‘g‘rilgan ushbu ezgu ish ko‘ngillarni ham obod etmoqda.

 





 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram