Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HASHAR — HAMJIHATLIK, OBODLIK, FAYZU BARAKA TIMSOLI
2024-03-17 09:09:50 179
“Obod va fayzli mahalla-yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari Qo‘shtepa tumanida qizg‘in davom etmoqda. Hashar uyushqoqlik bilan bayramona kayfiyatda o‘tyapti va unda tuman ahli faol ishtirok etmoqda.
Xususan, mahalla, korxona hamda tashkilotlar hududlari tozalanib, ko‘chayu xiyobonlar, guzar, ziyoratgoh va qabristonlar tartibga keltirilmoqda. Har bir xonadon saranjom-sarishta holatga keltirilib, bahoriy kayfiyat kasb etmoqda. Joylarda turfa xil daraxtlar hamda gul ko‘chatlari o‘tqazilib, yangi bog‘ va gulzorlar barpo etilmoqda, mavjudlariga esa shakl berish yumushlari bajarilyapti.
Umumxalq xayriya hashari tumanimiz bo‘ylab davom etmoqda.