Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUNOSABAT

×

 2024-03-16 17:46:51    133

PDF yuklash
Chop etish


 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan “TAHRIRSIZ MUROJAAT” yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Qo‘shtepa tumani Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududi elektr ta’minoti PS “Fayzobod” 35/10 kV dan chiquvchi Namuna 10 kV uzatmasidan bajariladi va hozirda mahalla hududidagi barcha elektr qurilmalar texnik soz xolatda ishlab turibdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 24 noyabrdagi “Farg‘ona, Namanagan va Andijon viloyatlari aholisini turmush tarzini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 670-sonli qaroriga asosan Qo‘shtepa tumani hududida 4 dona uzunligi 25 km bo‘lgan 6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalari qurish loyihalashtirilgan.

Ushbu loyihadan biri Xumdon MFY da joylashgan PS “Satkak” 110/35/10 kV dan alohida “yacheyka” o‘rnatilib, Qumtepa aylanma chorraxasigacha 10 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyasi qurish hamda ushbu hududdagi tadbirkorlik sub’ektlarini ushbu uzatmaga o‘tkazish va Sarmozor, Namuna 10 kV uzatmalari yuklamasini yengillatish nazarda tutilgan.

Qurilish ishlari 2023 yilda yakunlanib, 4676 metr uzunlikda 10 kV kuchlanishli uzatma (shundan 4340 metr AS-35 rusumli ochiq sim, 236 metr APvPU -x120 mm yer osti kabeli), 147 dona SV-110-3.5 rusumli temir beton tayanchlar o‘rnatilib, yangi uzatma (“Qumtepa” 10 kV deb nomlandi) ishga tushirildi.

Tumandagi Sarmozor, Balandmasjid, Quvurboshi, Eshonguzar MFYlari hudularini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Sarmozor” 10 kV uzatmasini yuklamasini yengillatish uchun (uzatmani yuklamasi – 350 A ga chiqqani uchun surunkali nosozlik yuzaga kelgan) 2023-2024 yil qish mavsumi boshlanishidan oldin (noyabr oyida) f.Sarmozor 10 kV uzatmasini bir qismi yangi qurilgan “Qumtepa” 10 kV uzatmasi o‘tkazilgan.

Natijada kichik sanoat zonasini zahira elektr ta’minoti uchun o‘rnatilgan 400 kVA transformatori, “Binokor” XK ni 100 kVA transformatori, XKMK-426 ni 100 kVA transformatori, “Alimardon Abobakir fayz” MChJ ni 160 kVA transformatori, Balandmasjid MFY hududidagi TP-393/100 kVA-aholi, 1036/160 kVA-aholi, 1037/250 kVA-aholi, 389/100 kVA-aholi,1041/160 kVA-Lesstroy MChJ, 1042/25 kVA-ichimlik suvi transformatorlari “Qumtepa” 10 kV uzatmasidan ta’minlanmoqda.

2024 yil 29 fevral kuni soat 20-04 da PS “Fayzobod” 35/10 kV da ishlab turgan T-1 3200 kVA transformatorida nosozlik yuzaga kelib, ishdan chiqqan. 2024 yil 1 mart kuni 3200 kVA transformator o‘rniga “Farg‘ona XETK” AJ tomonidan vaqtinchalik 2500 kVA transformator o‘rnatilib, 17-42 da ishga tushiilgan. 2500 kVA transformatorni nominal yuklamasi miqdori 3200 kVA dan kamligi uchun T-1 dan ta’minlanuvchi Niyozov 10 kV uzatmasi yuklamasini bir qismi (Qamishtepa MFY hududidagi 15 dona transformator punktlari) “Qumtepa” 10 kV uzatmasiga o‘tkazildi. PS “Fayzobod” 35/10 kV dagi T-1 ni 3200 kVA transformatori ta’minlanib qayta ishga qo‘yilgandan so‘ng Qamishtepa MFY hududidagi 15 dona transformator punkti yana “Niyozov” 10 kV ga o‘tkaziladi.

Qumtepa MFYni ta’minlovchi “Namuna” 10 kV uzatmasi soz xolatda ishlab turganligi va uning yuklamasi “Qumtepa” 10 kV ga o‘tkazilsa uzatmadagi APvPU-1x120 mm bo‘lgan kabellar yuklamaga dosh bermasligi inobatga olinib, “Namuna” 10 kV uzatmasidagi tadbirkorlik sub’ektlari texnik shart olgan xolda o‘zlariga tegishli transformator punktlarini “Qumtepa” 10 kV uztmasiga ulashlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi axborot xizmati.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram