Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HASHAR — HAMJIHATLIK, OBODLIK, FAYZU BARAKA TIMSOLI
2024-03-16 14:37:52 123
Har yili Navro‘z bayrami arafasida ayyomni munosib kutib olish va nishonlash maqsadida hashar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan. Bugun erta tongdan tumanimizda boshlangan umumxalq xayriya hashari ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.
Hasharda Qo‘shtepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Xodimlar tomonidan markaz binosida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ijtimoiy xodim assistentlari esa o‘zlari faoliyat olib borayotgan mahallalarda yakka yolg‘iz yashovchi fuqarolarning xonadonida bo‘lishib, ularga yordam berishmoqda.