Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 146 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA SAXOVAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2024-03-15 20:12:35    120

PDF yuklash
Chop etish


 

Mehrga muhtoj oilalarni yo‘qlash, ularga yordam ko‘rsatish xalqimizning qon-qoniga singgan eng azaliy qadriyatlarimizdan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ro‘zai ramazon oyida bu kabi mehr-muruvvat xayriya tadbirlarining ko‘lami yanada ortadi.

Bugungi kunda Qo‘shtepa tumanida ijtimoiy ko‘makka muhtojlarga muruvvat ko‘rsatishdek xayrli amallar keng quloch yoygan. Barcha mahallalarda tashkillanayotgan saxovat tadbirlari va yo‘qlovlarda yoshi ulug‘ keksalar, imkoniyati cheklangan va ehtiyojmand oilalar vakillariga muruvvat ko‘rsatilib, ko‘ngillarga shodlik ulashilmoqda.

Jumladan, Istiqlol mahallasida istiqomat qiluvchi tadbirkor, “Anas elektroniks” MChJ rahbari Xabibullo Abdullayevning tashabbusi bilan 13 turdagi zarur oziq-ovqat mahsulotlari tumanimizda istiqomat qiluvchi yoshi ulug‘ keksalar, shuningdek boquvchisini yo‘qotgan, extiyojmand yordamga muhtoj 200 ta oilalarga yetkazib berilmoqda.

Istiqlol mahallasida tashkil etilgan saxovat tadbirida tuman soliq inspektsiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Inomjon Marayimov, tuman prokurori Axrorjon Xudoyberganov va tadbikor Xabibullo Abdullayev, shuningdek, mahallaning mas’ullari ishtirok etishdi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram