Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ANIQLANGAN KAMCHILIKLAR BARTARAF ETILMOQDA
2024-03-15 19:31:57 221
Joriy yilning 21-fevral kuni viloyat ishchi guruhi tomonidan tumandagi tashkilot, korxona va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringda bir qator kamchiliklar aniqlangan edi.
Bugun tumandagi Markaziy madaniyat uyida tumandagi umumta’lim maktablarining direktorlari hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari ishtirokida 2023-yil 22-dekabr kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, mamalakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni mazmun mohiyati hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni samarali tashkil etish uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida soha vakillariga faoliyatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy ko‘mak berildi.