Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 118 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM HUDUDLARDA

×

 2024-03-15 17:24:33    136

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hududlaridagi barcha mahallalarda keng qamrovli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari tashkil etilmoqda.

Obodonlashtirish ishlari jarayonida mahallalar, hovlilar atrofi, ziyoratgoh va qabristonlarni tartibga keltirish, chiqindilarni belgilangan joyga chiqarib tashlash, ko‘chalarni ta’mirlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Katta-yu kichik aholi vakillari ushbu ezgu tadbirda faol qatnashmoqda.



Bugun tuman hokimi Anvarjon Abdullayev Karnaychi MFY hududidagi aholi xonadonlari, yo‘l yoqalari, ariq va zovurlarni tozalash bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan tanishdi.

Tuman hokimi tomonidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, 16-18 mart kunlari o‘tkaziladigan umumxalq hasharini ham huddi shunday ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, shuningdek, hududda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish va belgilangan muddatda bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tushunchalar berildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram