Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARAYON
2024-03-11 15:54:44 220
Bugun, O’zbekiston mahallalar uyushmasi Qo‘shtepa tumani bo‘limi hamda "Agrobank" aktsiyadorlik tijorat bankining tuman bo‘limida o‘rganish o‘tkazildi.
O’rganish davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-mart kungi "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi PQ-5040-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan O’zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Muassasadagi ichki va tashqi targ‘ibot vositalari, ish yuritish qog‘ozlari, telegram saytlari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida, imlo qoidalariga rioya etgan holda yuritilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.