Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 135 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDAGI HASHARLAR UYUSHQOQLIK VA KO‘TARINKILIK BILAN OLIB BORILMOQDA

×

 2024-03-09 12:34:10    310

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanida “Navro‘z” umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar hamda qabristonlarni obodonlashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan hasharlar yuksak uyushqoqlik va ko‘tarinkilik bilan olib borilmoqda.

Jumaladan, bugun Xo‘jaqishloq mahallasi hududidagi “Qorajiyda” qabristonida obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Hashar davomida ariq-zovurlarni tozalash va daraxtlarni oqlash, hududni chiqindilar, shox-shabbalardan tozalash ishlari amalga oshirildi.

Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida Xo‘jaqishloq, Xalqobod, Qorajiyda hamda Istiqbol mahallalarida istiqomat qiluvchi 5000 dan ziyod fuqarolar qatnashdi.

Tuman hokimi Anvarjon Abdullayev va sektor rahbarlari ushbu mahallada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan tanishdilar.

Hasharda ishtirok etayotgan aholi bilan suhbatlashgan tuman rahbari mahalla faollariga tegishli ko‘rsatmalar berib, 16-18 mart kunlari o‘tkaziladigan umumxalq hasharini ham huddi shunday ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, xar bir fuqaro o‘z xonadoni atrofini obod qilishi, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishlari kerakligi bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi.

Obodonlashtirish ishlari davomida doshqozonda osh damlanib, ajdodlar ruhiga bag‘ishlab Qur’on tilovat qilindi. Elga tinchlik-omonlik, dehqonchiliklarga qut-baraka tilab duolar qilindi va bemorlar hamda ehtiyojmand oilalar yo‘qlandi.

Joylarda bunday xayrli tadbirlar davom etmoqda.







 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram