Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 132 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HASHAR ELGA YARASHAR

×

 2024-03-09 10:54:41    305

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanida keng jamoatchilik tashabbusi bilan “Navro‘z” umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar hamda  qabristonlarni obodonlashtirish maqsadida tumanimizda hasharlar o‘tkazilmoqda.

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilayotgan mazkur hayrli ishlar tumanimiz markazidan tortib, eng chekka mahallalargacha yuksak uyushqoqlik va ko‘tarinkilik bilan davom etyapti. 

Jumaladan, ayni damlarda Katta beshkapa, Sarmozor, Baland masjid, Katta boltako‘l, Vatan, Bo‘ston mahallarida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Hashar davomida tashkilotchilar, nuroniylar va mahalla yoshlari tomonidan qabriston va ziyoratgohlarda obodonlashtirish, hududni chiqindilar, shox-shabbalardan tozalash ishlari amalga oshirilib, ichki ko‘chalar, suv yo‘llari tartibga keltirilmoqda.

Obodonlashtirish ishlari davomida ajdodlar ruhiga bag‘ishlab Qur’on tilovat qilinib, elga tinchlik-omonlik va dehqonchiliklarga qut-baraka tilab duolar qilinmoqda.

 Joylarda bunday xayrli tadbirlar davom etmoqda.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram