Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI “VODIY NASLLI QUYONLARI” AGROFIRMASIDA AMALGA OSHIRILGAN VA REJALASHTIRILAYOTGAN YANGI LOYIHALAR BILAN TANISHDI
2024-03-08 22:10:45 294
Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev bugun Solijonobod mahallasi hududida joylashgan “Vodiy naslli quyonlari” agrofirmasida bo‘lib, korxona tomonidan amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan yangi loyihalar bilan tanishdi.
“Vodiy naslli quyonlari” agrofirmasi tumanning cho‘l hududida joylashgan bo‘lib, 2016 yilda tashkil etilgan. Agrofirmada naslli quyonlarni yetishtirish evaziga aholiga sifatli go‘sht mahsulotlari yetkazib beriladi.
Olingan daromad hisobidan agrofirmaning moddiy texnika bazasi mustahkamlanib, so‘nggi yillarda turli uskunalar sotib olingan. Buning uchun 3 mlrd. 80 mln. so‘m mablag‘ sarflangan.
2024 yil davomida 40 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda quyonlarning bosh soni 15 000 donani tashkil etadi.
Aholiga sifatli quyon go‘shti yetkazib berish maqsadida hamda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi asosida Rossiya davlatidan
200 ming AQSh dollarlik 4 000 dona Xikol zotli quyonlar olib kelingan. Ushbu dastur amalga oshishi natijasida aholiga hamda ta’lim muassasalariga quyon go‘shtini yetkazib berish bir kunda 500 kg dan 1 tonnagacha ko‘payishiga erishilgan.
2024 yilda qo‘shimcha binolar qurish, selektsiya-naslchilik ishlarini yo‘lga qo‘yish, ozuqa yetishtirish uchun yer maydonlarini ko‘paytirish, terini qayta ishlash uchastkasini ishga tushirish va qo‘shimcha doimiy ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan.
Shuningdek, joriy yilning mart-aprel oyilarida Rossiya davlatidan Xikol zotli 3000 dona quyonlar olib kelinishi rejaltirilmoqda.
Tuman hokimi “Vodiy naslli quyonlari” agrofirmasi rahbari Nuriddin Iminov bilan muloqot chog‘ida korxonani kengaytirish istiqbollari bo‘yicha ham suhbatlashdi.