Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 134 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KUN XABARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2024-03-07 17:19:13    247

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev bugun Shomirza mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. Muloqot davomida ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga ko‘rsatmalar berildi.

Tuman rahbari Shomirza mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 2-son kasb-hunar maktabida ham bo‘lib, muassasada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Muassasa rahbariga hududni to‘liq obodonlashtirish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shahartepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlashgan tuman rahbari ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga ko‘rsatmalar berdi.

Tuman rahbari, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot rahbarlari bilan birgalikda Dehqonobod va Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi aholi xonadonlari, yo‘l yoqalari, ariq-zovurlarni tozalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga ushbu hududlarda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish hamda belgilangan muddatda bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.






 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram