Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 133 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA “8 MART XALQARO XOTIN-QIZLAR BAYRAMI” KENG NISHONLANDI

×

 2024-03-07 14:36:13    119

PDF yuklash
Chop etish



Bugun “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan, tumanimiz taraqqiyoti, turmushimiz obodligi va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda hissalarini qo‘shayotgan xotin-qizlarni, o‘zlarining kasbiy mahorati va namunali hayot yo‘li bilan barchaga o‘rnak bo‘lgan faxriy ayollarni sharaflash, ularni rag‘batlantirish maqsadida Qo‘shtepa tumanidagi “Rayxon” tantanalar mujmuasida bayram tadbiri o‘tkazildi.  

Tadbirga tashrif buyurgan har bir ishtirokchiga hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, gullar bilan kutib olindi. Barcha xotin-qizlarni tuman hokimi Anvarjon Abdullayev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.

Shundan so‘ng sektor rahbarlari ishtirokida tumanimiz taraqqiyoti, turmushimiz obodligi va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda hissalarini qo‘shayotgan xotin-qizlarni, o‘zlarining kasbiy mahorati va namunali hayot yo‘li bilan barchaga o‘rnak bo‘lgan ayollar tuman hokimining “Tashakkurnoma”lari va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, barcha tadbir ishtirokchilariga tuman hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tantanali tadbirda elimizning taniqli san’atkorlari Murodjon Ibroximov, Bahodir Mamajonov, Akmal Sadixonov va tuman Madaniyat bo‘limining xonandalari, shuningdek yosh ijrochilar ishtirokidagi badiiy-musiqiy dastur barchaga bayram shukuhini ulashdi. To‘kin dasturxon atrofida munis va mo‘’tabar ayollarimiz dildan suhbatlashib, yayrab dam oldilar.





























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram