Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 126 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

×

 2024-03-06 21:51:55    242

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida tuman hokimi Anvarjon Abdullayev rahbarligida joriy yilning 8 fevral kuni viloyat hokimi X.Bozarov rahbarligida bo‘lib o‘tgan “Maktab ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha viloyat kengashining” yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tumanda ta’lim sifati va davomatni yaxshilash, ta’lim muassasalarida ijtimoiy vaziyatni sog‘lomlashtirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, oliy ta’limga qamrov darajasini oshirish, o‘quvchi yoshlarni qiziqishlariga qarab chet tillari, fan va kasb-hunar to‘garaklari soni hamda sifatini yuksaltirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, ta’lim sohasi mutasaddilari, umumta’lim maktabi direktorlari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda uzoq yillar ta’lim sohasida faoliyat yuritib bugungi kunda nafaqada bo‘lgan faol ustozlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda tuman rahbari sifatli ta’limni ta’minlashda maktablarda o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, o‘quvchilar davomati, ularning bilim darajasi, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati, ularning mas’uliyati va o‘quvchilar bilan ishlashlari, maktab va ota-onalar munosabatlari haqida o‘zining fikrlarini bayon qildi.

Umumta’lim maktablarida huquqbuzarliklar va jinoyatlar profilaktikasini ta’minlashda, maktab o‘quvchilari tomonidan huquqbuzarliklar holatlari sodir etilishining oldini olishda mutasaddilarning mas’uliyati yana bir bor qayd etilib, bu borada ota-onalar, mahalla bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek viloyat hokimining 2024-yil 8-fevral kungi “Maktab ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha viloyat kengashining” 59/01-49-sonli yig‘lish bayoni ijrosini ta’minlash hamda tumanda ta’lim sifatini oshirish maqsadida tuzilgan 2 ta ishchi guruh a’zolari yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirildi.

Yig‘ilish yakunida, o‘quv yili davomida ta’lim muassasalarida ta’lim sifati samaradorligini oshirish, pedagog xodimlar salohiyatini yaxshilash va boshqa bir qator dolzarb masalalar yuzasidan tizimli ishlar tashkil etilishi bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram