Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KUN XABARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2024-03-06 13:39:58    187

PDF yuklash
Chop etish


 

Bugungi harakat – ertangi baraka

Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev bugun sektor rahbarlari va qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari bilan birgalikda joylarda bo‘lishib, fermer xo‘jaliklarida olib borilayotgan ish jarayonlari bilan tanishdilar.

Tuman rahbari yer maydonlarini, dala chetlari va ariq-zovurlarni tozalash, turli daraxt ko‘chatlari ekish hamda ularni oqlash, g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarning bajarilishi, chigit ekish rejalashtirilgan maydonlarda shudgorlash ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Shuningdek, mahallalarda tashkil etilayotgan hashar, olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan ham tanishdi.

Tuman rahbari tomonidan mas’ullarga dala madaniyatini yanada rivojlantirish, bahorgi mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish kabi bir qator topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.






 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram