Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 135 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEPUTATLAR GURUHI QO’SHTEPA TUMANIDA O’RGANISH OLIB BORISHDI

×

 2024-03-01 21:08:25    396

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat guruh Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida 2024 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan muhim vazifalarning ijro etilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib borishmoqda.

Deputatlar dastlab “Paxtakor” MFYdagi “Grapes and Garden" MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan “Zamonaviy bog‘ tashkil etish” loyihasi hamda Langar MFYdagi “Bog‘i Azim ziynati” fermer xo‘jaligi tomonidan bog‘-tokzor orasida maqbul ekinlar joylashtirish tajribasi bilan tanishishdi. Bu xo‘jaliklarda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar hamda innovatsion loyihalarning joriy etilishi natijasida hosildorlik ko‘rsatkichlari bir necha bor ortgan. YErdan unumli foydalanish, intensiv usulda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shundan so‘ng mehmonlar tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Shoshilinch tibbiyot yordam markazi”ga tashrif buyurib, bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Tibbiyot birlashmasi 298 o‘rin-joyga ega. Tug‘ruq, bolalar, yuqumli kasalliklar, xirurgiya va terapiya bo‘limlari, 16 ta birlamchi tizim muassasasi hamda 705 qatnovga ega ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikadan tashkil topgan. Aytish kerakki, tuman aholisiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda mazkur markazning o‘rni alohida. Zamonaviy apparaturalar, eng so‘nggi rusumdagi jihozlar aholi xizmatida. Deputatlar muassasadagi mavjud muammolar, yechimini kutayotgan masalalarni izchil o‘rganishdi.

Kunning ikkinchi yarmida deputatlar guruhi Nurafshon MFYdagi “Global Textile Infiniti” MChJ tomonidan amalga oshirilgan “Paxta tolasidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish” loyihasi bilan tanishdilar. Ushbu qo‘shma korxona tomonidan loyiha qiymati 45,0 mln. dollar bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilib, natijada 500 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Ishlab chiqarilgan kalava ip mahsulotlari 100% xorijga eksport qilinmoqda. Yillik eksport quvvati 65,0 mln. dollar bo‘lgan korxonada 2023 yilning o‘zida 47,2 mln. dollar miqdoridagi mahsulotlar eksportiga erishildi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, tumanda 2023 yil davomida 77 ta yangi sanoat korxonalari ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularning soni 397 taga yetkazildi. Ushbu korxonalarda 2437,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, bu boradagi ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 110,5 foizni tashkil etdi. Kichik biznesning sanoatdagi ulushi esa 50,3 foizga teng bo‘ldi. O’tgan yilda umumiy qiymati 907,1 mlrd. so‘mlik 21 ta loyiha ishga tushirilib, 1015 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Tumandagi “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham deputatlar e’tiboridan chetda qolmadi.

Qo‘shtepa tumanida 51 ta MFYlar mavjud bo‘lib, ularda 209 ming 115 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholi vakillari, mas’ullar bilan kechgan suhbatlar, jonli muloqotlar mobaynida mavjud muammolar ro‘y-rost aytildi. Har bir masala yuzasidan mutasaddilarning fikrlari, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mulohazalari tinglandi.

Tumanda o‘rtacha elektr iste’mol quvvati 10-12 mVtni tashkil etadi. 2023 yilda 438,6 km tarmoq, 149 ta transformator, 19 ta fiderlar mukammal hamda joriy ta’mirlandi, davlat dasturlari orqali 38 dona yangi transformator punktlari, 62 km yangi elektr uzatish tarmoqlari qurildi.

Tumanning ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 81,2 foizni tashkil etadi. Aholi xonadonlarini ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 2023 yilda 97,6 mlrd. so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib, jami 33 ta MFYlar hududida 28 ta yangi tik ichimlik suvi qudug‘i qazildi, 37 dona yangi suv minorasi o‘rnatildi hamda 319 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari amalga oshirildi. 2024 yilda 28,4 mlrd.so‘m mablag‘ evaziga 98 km ichimlik suvi tarmoqlari tortish rejalashtirilgan.

Tuman aholisining tabiiy gaz bilan ta’minlanganlik darajasi 9,3%, suyultirilgan gaz bilan ta’minlanish darajasi 90,7 % tashkil etadi. Tumanda uy-joyga muhtoj oilalar soni – 114 tani tashkil etadi. Shundan kelib chiqib, 2024 yilda 6 ta 336 xonadonli ko‘p qavatli uydan iborat “Yangi O’zbekiston” turar joy massivi qurilishi rejalashtirilgan.  

Shuningdek, Spiker va deputatlar e’tibori ichki yo‘llar, transport xizmati, uy-joy va kommunal xo‘jaligi, qurilish sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarga qaratildi.

Tashrif yakunida Xalq deputatlari tuman kengashi a’zolari va faollar bilan suhbatlashildi. Yig‘ilishda barcha sohalar bo‘yicha mas’ullarning axboroti, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining takliflari eshitildi, deputatlar tomonidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram