Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SEKTOR RAHBARLARI BOZORDAGI NARX-NAVO BILAN TANISHDI
2024-02-29 16:10:56 351
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari A.Abdullayev va tuman prokurori, 2-sektor rahbari A.Xudoyberganovlar “Qumtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Dehqon bozori” MChJda bo‘ldilar.
Sektor rahbarlari bozordagi va oziq-ovqat mahsulotlari do‘konlaridagi narx-navo bilan tanishdilar. Shuningdek, sotuvchilar va xaridorlar bilan suhbatlashib, ularga yaratilgan sharoitlarni o‘rganishdi.
Aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini asossiz oshirish holatlarini oldini olish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.